Guruh oching
Davrangizga nom bering yoki tayyor shablondan boshlang.
Safar, to'y, dacha yoki oddiy ziyofat. Kim nimaga to'laganini yozib qo'yasiz — kim kimga qancha berishini ilova o'zi hisoblaydi. Eng kam o'tkazma bilan.
Davrangizga nom bering yoki tayyor shablondan boshlang.
Havolani Telegram'da tashlang yoki QR kodni ko'rsating.
Summa, kim to'ladi va kimlar bo'lishadi — o'n soniyalik ish.
Ilova kim kimga qancha berishini eng kam o'tkazma bilan ko'rsatadi.
Misol: yetti do'st dachada. Kim nimaga to'laganini yozasiz — ilova jami summani hammaga teng bo'ladi. Ko'p to'lagan oladi, kam to'lagan beradi, hammasi 6 ta o'tkazmada yopiladi.
Karta raqamini so'rab yozishmaysiz: nusxa oling, ilovangizdan o'tkazing, «To'ladim» bosing. Do'stingiz pul kelganini tasdiqlaydi. Hamma o'tkazma tasdiqlangach guruh yopiladi.
Xarajat yozish, qarzni o'z vaqtida uzish va guruhlarni oxirigacha yopish XP beradi. Badge ismingiz yonida turadi — davra kim ishonchli ekanini ko'radi.
Parol ham, ro'yxatdan o'tish ham yo'q. Botda «Ha, kiraman» — tamom.
Do'stlar guruhga havola orqali yoki QR kodni skanerlab qo'shiladi.
Kechki ovqat, dacha, tug'ilgan kun, safar, sport — kategoriyalari bilan.
So'm, dollar, rubl, tenge, lira va boshqalar. Safar qayerda bo'lsa ham.
Yopilgan guruhlar va o'tkazmalar saqlanadi — istalgan payt qarab chiqasiz.
Karta raqami shifrlab saqlanadi va to'liq holda faqat sizga qarzdor do'stga ko'rinadi.
Hech qanday banner, obuna yoki yashirin to'lov yo'q.
Yo'q. Tengma=Teng faqat hisoblaydi va do'stingiz kartasini ko'rsatadi. Pulni o'zingizning bank ilovangizdan o'tkazasiz, keyin «To'ladim» tugmasini bosasiz.
Yo'q, bepul va reklamasiz.
Karta raqami serverda shifrlangan holda saqlanadi. Boshqalarga yashirin ko'rinadi, to'liq raqamni faqat sizga pul o'tkazishi kerak bo'lgan do'stingiz ko'radi.
Parol eslab qolish va SMS kutish shart emas. Telegram botida bir marta «Ha, kiraman» deysiz — boshqa birov sizning havolangiz bilan kira olmaydi.
Ilovada: profil → Hisob → «Hisobni o'chirish». Ilovasiz: botga /delete yuboring. Do'stlaringiz guruhlaridagi summalar buzilmasligi uchun faqat shaxsiy ma'lumotlaringiz o'chiriladi.
Ilovani yuklab oling, guruh oching va havolani do'stlarga yuboring. Bir daqiqa ham ketmaydi.